DAʼVO

DAʼVO (huquqda) — buzilgan huquqi yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan man-faatlarini himoya qilish uchun hakamlar sudiga, arbitrajga yoki sudga qilinadigan murojaat. Daʼvo 3 elementdan — asos, mavzu va mazmundan iborat. Daʼvogarning talabi Daʼvo mavzuidir. Daʼvo b-n jarayon boshlanadi, taraflar (daʼvogar, javobgar) sud oldida oʻzlarining talab va eʼtirozlarini bayon qiladilar. Daʼvo arizasi sud yoki arbitrajga yozma tarzda beriladi, unda ariza berilayotgan sud yoki arbitrajning, daʼvogar va javobgarning nomi, yashash joyi, agar daʼvogar yuridik shaxs (tashkilot) boʻlsa, joylashgan joyi, agar ariza vakil tomonidan berilsa, vakilning nomi va manzili, daʼvogar talabini asoslaydigan xamda tasdiqlaydigan dalillar, daʼvogarning talabi, arizaga ilova qilingan hujjatlarning roʻyxati koʻrsatilishi kerak.


Lotin alifbosida maqola: DAʼVO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HAKAMLAR SUDI
YURIDIK SHAXS
TOSHKENT
TARAFLAR
ARIZA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты