DAYAKLAR

DAYAKLAR — Indoneziya, Malayziya va Bruneydagi xalqlar guruhi (ngadjular, klemantanlar, ibanlar, kenyalar va b.), Kalimantan o. ning tubjoy aholisi. 3,7 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Indonez guruhiga mansub tillarda soʻzlashadi. Anʼanaviy diniy eʼtiqodlarga amal qilishadi. Xristianlar va musulmon sunniylar bor. D. ning deyarli barchasi qoʻl mehnatiga asoslangan dehqonchilik bilan mashgʻul. Ovchilik, baliqchilik va terimchilik oʻtroq D. da qoʻshimcha mashgʻulot sanaladi. Dayaklarning qishloqlari, asosan, daryo qirgʻogʻining sayoz joylarida joylashgan. 100—500 aholiga moʻljallangan qishloqlarda 50 tagacha oila yashaydigan anʼanaviy uzun uylar bilan bir qatorda 1—5 oila uchun qurilgan uylar ham bor. Dayaklarning ayollari bilan bir qatorda erkaklari ham be-zak buyumlariga oʻch. Dayaklar orasida tishlarni qoraytirish va arralatish, shuningdek, badanga turli rasmlar solish (tatuirovka) keng tarqalgan. 19-a. oxirigacha «kalla ovi» udum boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: DAYAKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INDONEZIYA
TOSHKENT
ISLOM
XITOY
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты