DAYANXON

DAYANXON (asl ismi — Botu Munke; u «umumiy xon» maʼnosidagi Dayanxon faxriy unvoni bilan mashhur boʻlgan) (taxm. 1460 — taxm. 1543) — moʻgʻul xoni (taxm. 1479-y. dan). Uzoq vaqt davom etgan ichki kurashlardan soʻng butun Moʻgʻulistonni oʻz hukmronligi ostiga birlashtirgan. 1488-y. oʻzini «ulugʻ yuan qogʻoni» deb eʼlon qilgan. Xitoy ustiga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirgan. Dayanxonning katta qoʻshini (100 ming kishi), behisob chorvasi va mulki boʻlgan. Xangay togʻlari yaqinidagi Xalxada koʻchib yurgan. Moʻgʻulistonni birlashtirish ishiga unga katta yordam bergan mashhur malika Manduxay xotun D. ning xotini edi. Dayanxon vafotidan soʻng uning mol-mulki oʻgʻillari oʻrtasida taqsimlab olingan, Moʻgʻuliston esa bir necha xonliklarga parchalanib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: DAYANXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
AMIR TEMUR
YAPONIYA
MOʻGʻULLAR ISTILOSI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты