DAQYONUS

DAQYONUS, Daqqiyunus — qad. Rim imperatori Diokletian (boshqa bir manbalarga koʻra Detsiy) ismini musulmon Sharqida keng tarqalgan rivoyatlar (xususan, «Asʼhobu Kahf») da sharqona atalishi. Markaziy Osiyoda arablar istilosiga qadar mavjud boʻlgan shahar xarobalari, tangalar va b. ni qad. ligini anglatish uchun «Daqyonusdan qolgan» degan ibora ishlatilgan. Xorazm viloyatida joylashgan bir qator qad. shaharlarga hozirgacha afsonaviy shoh — Daqqiyunus asos solgan deb nisbat berishadi.


Lotin alifbosida maqola: DAQYONUS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
ISLOM
ITALIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты