DAQIQIY

DAQIQIY (asl ismi Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad) (956, Balx — 980, Buxoro) — fors-tojik shoiri. Daqiqiy yoshligida oʻqish uchun Buxoroga kelgan va umrining oxirigacha shu yerda yashab qolgan. Daqiqiy somoniy amirlaridan Mansur ibn Nuh (961—76 y. lar hukmronlik qilgan) hamda Abulqosim Nuh ibn Mansur (976—997-y. lar hukmronlik qilgan) saroyida xizmat qilgan. Daqiqiy sharq adabiyotida mavjud lirikaning barcha janrlarida sheʼrlar yozgan. Eski manbalarda uning qasida, gʻazal, ruboiy, qitʼa, bahoriyot, chiston singari janrlardagi asarlardan tarkib topgan devoni borligi taʼkidlangan. Lekin hanuzgacha shoirning qoʻlyozmasi topilmagan. Shoir merosidan ayrim namunalar tazkira va lugʻatlardagina saqlanib qolgan. Daqiqiy qasidagoʻylik va gʻazalnavislikda ustod sanʼatkor darajasiga koʻtarilgan. U oʻz sheʼrlarida doʻstlikni, muhabbatni, maʼrifatni kuylagan; qasidalarida donishmand, odil podsho boshchiligidagi markazlashgan davlat uchun kurash gʻoyasini ifodalagan. Bundan tashqari D. Abulqosim Nuh ibn Mansur Somoniy top-shirigʻi bilan qadimgi ajdodlar tarixi haqida «Shohnoma» yozishga kirishadi. Ammo 1000 baytdan iborat «Arjasp va Gushtasp» dostonini yozib tugatgan paytida oʻz gʻulomi tomonidan oʻldiriladi. Keyinchalik Firdavsiy bu dostonni oʻz «Shohnoma»siga kiritgan. Asarda Zaratushtraning paydo boʻlishi, Gushtasp va b. ayonlar uning dinini qabul qilishlari, Turon podshohi Arjaspning bu voqeadan noroziligi hamda Gushtasp bilan Arjasp oʻrtasidagi urush hikoya qilingan. Mazkur jangnoma Eron va Turon xalqlari tarixini, jumladan, zardushtiylik dinining paydo boʻlishini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.

Ad.: Bertels Ye. D., Istoriya persidskotadjikskoy literaturы, M., 1960.

Hamidjon Homidiy.


Lotin alifbosida maqola: DAQIQIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
IBN SINO
BUXORO VILOYATI
TOSHKENT
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты