DAGʻAL OZUQA

DAGʻAL OZUQA, dagʻal xashak — oʻsimliklardan tayyorlanadigan quruq xashak. Tarkibida kletchatka miqsorining koʻpligi (25—40%) boʻlishi bilan ajralib turadi. Dagʻal ozuqa (pinan, somon, toʻpon, shulxa va b.) oʻtxoʻr hayvonlar qishki ratsionining zaruriy qismini tashkil etadi, mollar isteʼmol etadigan ozuqa moddalarning deyarli yarmi Dagʻal ozuqadan olinadi. Bu guruhga kiradigan ozuqalar ratsionning zarur hajmini taʼminlagan holda ozuqa hazmini yaxshilaydi. Dagʻal ozuqadan pichan shu guruhdagi boshqa ozuqalarga qaraganda toʻyimliroq. Yoʻngʻichgʻa, beda esparset, oqsoʻxta, bugʻdoyikdan tayyorlangan 100 kg pichanda 45—50 ozuqa birligi bor, protein, mineral moddalar, uglevodlar, karotinga boy. Mollarga Dagʻal ozuqa berish miqdori ularning yoshi va mahsuldorligiga qarab belgilanadi. Sogʻiladigan sigirlar uchun Dagʻal ozuqa meʼyori tirik vaznning 100 kg ga 2—2,5 kg mikdorida belgilanadi. Sigirlarda sut mahsuldorligi koʻpayishi bilan ratsionda Dagʻal ozuqa hissasi shirali ozuqalar hisobiga kamaytiriladi.


Lotin alifbosida maqola: DAGʻAL OZUQA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
PICHAN
OVQATLANISH
MINERAL OZIQLANISH
MINERAL


Добавить комментарий