DAHA

DAHA (fors—oʻnlik) — 1) oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo va Eronda oʻn kishidan iborat jangovar boʻlinma. Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligidagi bunday harbiy boʻlinma boshligʻi dahaboshi, dahboshi deb atalgan;

2) Oʻrta Osiyo xonliklarining qishloq joylari va yirik shaharlaridagi maʼmuriy-hududiy birlik. Bir necha qishloqlar bir Dahaga birlashtirilgan, yirik shaharlar esa bir necha Dahaga boʻlingan. Unda bir nechta mahalla, bir yoki bir nechta Madrasa, masjid, bozor, hammom va b. jamoat binolari boʻlgan. Dahani oqsoqol (mingboshi) boshqargan. Mas, Toshkentda Koʻkcha, Beshyogʻoch, Sebzor va Shayxontohur D. lari boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: DAHA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MAHALLA
ERON
TEMURIYLAR
QOʻQON XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты