DAHANA VA QAYROQQUM MOZORLARI

DAHANA VA QAYROQQUM MOZORLARI — soʻnggi jez davri (mil. av. 2-ming yillikning oxirgi choragi — 1-ming yillikning boshlari) qabilalarining yodgorligi. Arxeologlar A. P. Okladnikov (1954) va B. A. Litvinskiy (1955—56) tomonidan oʻrganilgan. Fargʻona vodiysining shim.-gʻarb tomonidagi Qayroqqum choʻli va Asht tumani (Tojikiston)ning Dahana qishlogʻidan topilgani uchun shu nom bilan yuritiladi. Dahana va qayroqqum mozorlari va Q. m. da olib borilgan arxeologik qazishlar vaqtida 10 qabr ochib tekshirilgan. Qabrlar taxta toshlardan yasalgan tobut (sarkofag)lardan iborat. Mayyitlar bukchaytirilgan holda yonbosh b-n qoʻyilgan. Har bir qabrdan sirti naqshlangan sopol parchalari, jez bilaguzuklar, qoʻngʻiroqsimon isirgʻalar, koʻplab munchoqlar topilgan. Dahana va qayroqqum mozorlari va Q. m. ga oid yodgorliklar oʻzining naqshi, shakli, ishlanish usuli bilan Jan. Sibir, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo choʻllarida keng tarqalgan Andronovo madaniyatiga oʻxshash ekanligini koʻrsatadi. Dahana va qayroqqum mozorlari va Q. m. da dafn etilgan ajdodlarimiz qabrlaridan topilgan ashyolardan maʼlum boʻlishicha, ularning hayotida chorvachilik muhim rol oʻynagan. Ular Fargʻona vodiysining Chust madaniyati qabilalari bilan yaqin aloqada boʻlganlar.


Lotin alifbosida maqola: DAHANA VA QAYROQQUM MOZORLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
OSIYO
TOJIKISTON
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты