DAHBED

DAHBED — Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi shaharcha (1978-y. dan). D. Miyonqolning sharqida, Okdaryoning chap sohilida joylashgan. Dahbed nomi fors. dax — oʻn, bed — tol dan deb talqin qilinadi. Dahbed yaqin t. y. stansiyasi — Zarafshondan 9 km. Aholisi 7400 kishi (2000). Paxta qabul qilish punkti, MTP, xususiy tikuvchilik korxonasi, mexanizatsiyalashgan koʻchma qurilish korxonasi bor. D. ni Katta Oʻzbekiston trakti kesib oʻtgan. Dahbedda tarixiy obidalardan Maxdumi Aʼzam majmuasi (16-a. ; 1996—98 y. larda taʼmirlangan) saqlangan. 2 umumiy taʼlim maktabi, Samarqand mexanika iqtisodiyot kolleji, kasb-hunar maktabi, 2 kutubxona, madaniyat markazi mavjud.


Lotin alifbosida maqola: DAHBED haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
QORAQALPOGʻISTON
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты