DAHBEDI

DAHBEDI — qovunning ertapishar navi. Shakli tuxumsimon, dum tomoni toʻmtoq, uz. 15—25 sm, ogʻirligi 1,7—3 kg. Sirti tekis, sertoʻr. Tusi och yashil. Poʻstining qalinligi oʻrtacha. Etining qalinligi 3,5—4,5 sm, och yashil, kuvrak, xushxoʻr, tarkibida 8—10,5% qand, shu jumladan 5,4—6,7% saxaroza bor. Urugʻxonasining yarmini urugʻdonlar egallaydi. Urugʻi ekilganidan keyin 70—75 kunda pishadi. Hosildorligi 250—300 s/ga. Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ekiladi. Dahbedidan qovun-qoki ham solinadi (q. Qovun).



Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
QOVUN
BOʻRIKALLA
YER
SURXONDARYO VILOYATI


Добавить комментарий