DAHISTON MADANIYATI

DAHISTON MADANIYATI, Arxaik Dahiston madaniyati — Oʻrta Osiyoning jan.-gʻarbida, Kaspiy den-gizi boʻylarida qadimda mavjud boʻlgan arxeologik madaniyat (mil. av.2-ming yillik oxiri — 1-ming yillikning 1-choragi oxiri). Hoz. Astrobod (Eron) atrofidagi jez davriga mansub yodgorliklar bilan genetik aloqadorligi ku-zatiladi. Misriyon tekisligida Dahiston madaniyatiga oid bir qancha vohalar tadqiq etilgan. Tekshirishlar natijasida Atrek daryosidan suv olgan, kengligi 5—7 m, uz. 50—60 km ga yetgan magistral kanallarga asoslangan sugʻorish tizimlari aniklangan. Dehqonchilik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻi boʻlgan, bunga yorgʻuchoq, chaqmoqtosh va temir oʻroqlarning koʻplab topilganligi dalil boʻla oladi. Jezdan qurol-yarogʻ (shamshirlar va paykonlar) yasashgan. Sopol idishlar kulolchilik charxida yasalgan. Misriyon vohasida istehkomli va istehkomsiz qishloqlar boʻlganligi aniqlangan, ulardan baʼzilari (mas, Izzatquli — 50 ga ga yaqin) juda katta boʻlgan. In-shootlar, asosan, juda yirik xom gʻishtdan qurilgan. Izzatqulida markaziy istehkom beshburchak shaklda boʻlib, atrofida turar joy qoldiklari saqlangan, qishloq chetidagi bir nechta joyda xumdonlar topilgan. Boshqa bir yirik yodgorlik — Madovtepaning ham tarhi shunga oʻxshash. Qishloq markazi xuddi Izzatqulidagi kabi istehkom boʻlib, uning hoz. saqlangan bal. 13 m, madaniy qatlamining qalinligi 6,5 m ni tashkil etadi. Dahiston madaniyatiga oid topilmalar Kaspiy boʻyining butun jan.-sharqiy qismidan ham aniqlangan. Bu ushbu madaniy-tarixiy viloyatni Avesto va soʻnggi yozma manbalardagi Girkaniya bilan bogʻlash imkonini beradi.


Lotin alifbosida maqola: DAHISTON MADANIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ERON
XITOY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты