DVIGATEL-GENERATOR

DVIGATEL-GENERATOR — birbiriga mexanik tarzda bogʻlangan va biri dvigatel, ikkinchisi generator sifatida ishlaydigan elektr mashinalardan iborat agregat. D.-g. oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish yoki fazalar sonini, tok chastotasini, kuchlanishni oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. Isteʼmolchining extiyojiga qarab, D.-g. har xil parametrli boʻlishi mumkin (mas, elektr payvandda — kuchli tok, aviatsiyada — yuqori chastota, quruqlik yoki suv transportida — oʻzgarmas tok va h. k.). Yarimoʻtkazgichli oʻzgartirgichlarning taraqqiy etishi munosabati bilan D.-g. dan kam foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DVIGATEL-GENERATOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
OKEAN
VENTILLI UZGARTIRGICH


Добавить комментарий