DVORJAK

DVORJAK (Dvorak) Antonin (1841.8.9, Praga yaqinidagi Nelagozeves qishlogʻi — 1904.1.5, Praga) — chex kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexiya fan va sanʼat akademiyasining aʼzosi (1890), Praga konservatoriyasining prof. (1891) va direktori (1901-y. dan). Nyu-Yorkdagi milliy konservatoriya direktori (1892—95). Dvorjak merosida 10 opera (1870—1903), 9 simfoniya (1865 — 93), simfonik poemalar, bir nechta kamer va xor asarlari mavjud. Vokalsimfonik ijodida «Avliyo Lyudmila» oratoriyasi (1886), «Madhiya» kantatasi (1873) alohida oʻrin tutadi. «Yangi dunyodan» nomli 9-simfoniyasi (1893)da Dvorjak Yevropa simfonizm» anʼanalarini yangi — chex va Amerika xalqlari kuy va usullari bilan boyitdi. Dvorjak ijodi chex mumtoz kompozitorlik ijodiyotining eng yuqori choʻqqisidir. Yorqin milliy ruh bilan sugʻorilgan, xilma-xil kuy va ritmlarga boy Dvorjak musiqasi oʻzining hayotbaxshligi, romantik joʻshqinligi b-n ajralib turadi.


Lotin alifbosida maqola: DVORJAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ChEXIYA
FRANSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
MUSIQA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты