DDT

DDT, dixlordifeniltrixlor-etan (S1S6N4) , SNSS13 — insektitsid, oqish yoki malla rang kimyoviy modda. Suyuqlanish t-rasi 74,5—93°. Suvda yomon, spirt, benzol va b. erituvchilarda yaxshi eriydi. 170—200°gacha qizdirilganda parchalanib, vodorod xlorid hosil qiladi. Xlorbenzol va kondensatlovchi moddalar, mas, sulfat kislota, quruq vodorod ftorid ishtiro-kida xloralni kondensatlash yoʻli bilan olinadi. 20-a. ning 40—60-y. larida koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan Oʻzbekistonda ham zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda, shuningdek, bezgak parazitlari (chivinlar)ni yoʻqotishda qoʻllanilgan. Inson va hayvonlar organizmida toʻplanishi, atrof-muhitda biologik parchalanishga oʻta chidamliligi, tabiatdagi biologik muvozanatini buzishi sababli rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan Oʻzbekistonda 1970-y. dan ishlatish man qilingan.


Lotin alifbosida maqola: DDT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KALSIY
TOSHKENT
Otabek Muhammadzohid - Malla sochli qizaloq
KISLOTA VA ASOSLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты