DEBILLIK (lot. debilis — zaif) — oligofreniyaning yengil shakli; ruhiy jihatdan tuzuk rivojlanmay qolish. Bunda abstrakt tafakkur sust, nutq bir qadar rivojlangan, birok, soʻz boyligi kam boʻladi. Debillikda bemorni oʻqitish, ayrim yengil-yelpi ishlarni oʻrgatish, ijtimoiy hayotga moslashtirish mumkin.