DEBOCHA

DEBOCHA (fors. — muqaddima, soʻz boshi) — 1) kitob jildlarining zarhal bilan bezatilgan dastlabki alohida sahifalari;

2) muqadsima, kirish soʻz, bosh soʻz. Asosan kulliyot, devon, doston va nasriy asarlarda, shuningdek, tazkira va bayozlarda uchraydi. Debocha asar muallifi yoki kotib tomonidan yoziladi va unda kitobning mazmuni, muallifning qisqacha tarjimayi holi, maqsadi bayon qilinadi. Amir Xusrav Dexlaviy oʻz «Kulliyot»iga va Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy» asarining birinchi devoniga mukammal asar darajasida Debocha yozganlar. Hoz. baʼzi oʻzbek adiblarining asarlari ham Debocha bilan boshlangan;

3) shohlarning debo (zarhal) matodan tikilgan ustki kiyimi;

4) musiqada — kichik hajmdagi asar. Oʻquv va cholgʻu yoʻllari bor. Ayniqsa Fargʻona surnay D. lari mashhur. Debochaning oʻquv yoʻllarini Hoji Abdulaziz qayta ishlagan.


Lotin alifbosida maqola: DEBOCHA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
AMIR TEMUR
XAZOYIN UL-MAONIY
TOSHKENT
KIYIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты