DEBRETSEN

DEBRETSEN — Vengriya sharqidagi shahar, Vengriya pasttekisligida. Xaydu-Bixar medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 208,4 ming kishi (1997). Yirik transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Sanoatining asosini mashinasozlik (jumladan vagonsozlik, podshipniklar i. ch., tibbiyot asboblari, q. x. mashinalari) tashkil etadi. Metallni qayta ishlash, kimyo-farmatsevtika, oziqovqat, tikuvchilik, mebel i. ch., teri sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Un-t, FA ning Quyosh fizikasi va atom tadqiqoti in-tlari, muzeylar (etnografiya va b.), teatr bor. 18—19-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Balneologik kurort shahri. Debretsen 10-a. dan maʼlum.


Lotin alifbosida maqola: DEBRETSEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
VENGRIYA
ROSSIYA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты