DEBYUT

DEBYUT (frans. debut — birinchi qadam) — 1) biron-bir soxada birinchi marta chiqish (mas, artistning sah-nada ilk bor chiqishi);

2) shaxmat, shashka oʻyinining dastlabki yurishlarni oʻz ichiga oluvchi boshlangʻich bosqichi. «Himoya», «Partiya», «Gambit» va h. k. atamalar Debyut maʼnosida ishlatiladi. Odatda, Debyutlar ilk bor qoʻllanilgan mamlakat, shahar yoki uni kashf etgan shaxmatchi nomi bilan yuritiladi. Mas, ispancha oʻyin, Alyoxin himoyasi va b. Ikkala tomon ham oʻz shohi oldidagi piyodasini ikki xona olgʻa sursa ochiq Debyut, farzinlar oldidagi piyodalar ikki xona surilsa yopiq Debyut va oklarning shohi oldidagi piyodasi ikki xona surilishiga qoralar boshqacha javob qilsa, yarim ochiqyoki yarim yopiq Debyut boʻladi. Hoz. zamon D. lari nazariyasi boʻyicha juda koʻp asarlar mavjud.


Lotin alifbosida maqola: DEBYUT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SHASHKA
SHAXMAT
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты