DEV

DEV — 1) zardushtiylikda yovuzlikning asosiy timsoli (q. Anxramaynu). Avestoda «dayva» tarzida qayd etilgan;

2) turkiy va fors-tojik xalmari mifologiyasida yovuzlik timsoli. Dev dahshatli, zulm va zoʻrlik, qonxoʻrlik yoki yovuz kuchlarning irodasiga boʻysunuvchi bahaybat maxluq sifatida namoyon boʻladi. Devlar yer osti saltanatlarida, gʻorlarda, kimsasiz choʻl va dashtdagi kasrlarda istiqomat qiladi. Qasr, bogʻ va h. k. sohibining amriga itoat etib, parilarni qoʻriklaydi («Gulnor pari», «Yunus pari», «Misqol pari» va b.). Ertak, doston qahramonlariga qarshi yakka yoki tuda boʻlib kurashadi, ammo hamisha inson qobiliyati, aqli, kuch-qudrati qarshisida ojizlik qiladi, oqibatda yengilgan Devlar insonga boʻysunadi va uning izmiga yuradi. Devlar osmonda uchuvchi va yerda yuruvchi ikki toifaga ajraladi. Baʼzilari tabiatan hiylagar, makkor, aldamchi va gʻazabkor, boshqalari nozik sanʼatkor, goʻzal binolar quruvchi usta, afsonaviy kuch egasi. Oʻzbek folklorida Ahri-man, Ahvon, Samandar, Okdev, Qora dev, Qizil dev, Sariq dev («Badal botir» va b.), Arshak dev, Afsar dev, Boymoq dev, Yaproq dev («Balogar-don», «Malika ayyor» va b.) kabi Devlar toʻdasining boshliqlari obrazi uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: DEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOJIKISTON
Sherzod Bek - Janon pari
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты