DEVLET Vladimir Pavlovich

DEVLET Vladimir Pavlovich [1890.29 . 9 (11.10), Tambov – 1958.15.12, Toshkent] — opera xonandasi (bariton), Oʻzbekistan xalq artisti (1945). Dastlab Kiyev opera teatri sahnasida chiqqan (1917). 1920—35 y. larda Odessa, Tbilisi, Sverdlovsk, Vladivostok va b. shahar opera teatrlarida ishlagan. 1937-y. dan Toshkent rus opera va balet teatri, 1948-y. dan Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni. 1938-y. dan Toshkent konservatoriyasida pedagog (1942-y. dan dotsent). Ovozi keng diapazonli boʻlib, ijro uslubi yetuk vokal texnikasi bilan ajralib turadi. Onegin, Yeleskiy (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin», «Qargʻa motkasi»), Knyaz Igor (A. Borodin, «Knyaz Igor»), Rigoletto, Jermon (J. Verdi, «Rigoletto», «Traviata»), Tonio (R. Leonkavallo, «Masxarabozlar»), Eskamilyo (J. Vize, «Karmen») va b. partiyalarni ijro etgan.


Lotin alifbosida maqola: DEVLET Vladimir Pavlovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
UKRAINA
ALISHER NAVOIY
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты