DEVON

DEVON — Sharq adabiyotida sheʼriy toʻplam. Devonda biror shoir sheʼrlari qofiya yoki radiflariga koʻra arab alifbosi tartibida (qofiyalanib keluvchi soʻzlarning oxirgi harflari asosida) joylashtiriladi. Sharkda Devon tuzish shoirning yetuklik belgisi boʻlgan, shoirlar oʻz devonlarining mazmunan va shaklan rang-barang boʻlishiga eʼtibor berganlar. Devon tuzish 10—11-a. lardan boshlangan, uning shakllanish davri Shayx Saʼdip zamonasiga toʻgʻri keladi. Oʻzbek adabiyoti tarixida Devon tuzish Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy kabi shoirlar ijodi b-n bogʻliq. Alisher Navoiy Sharq adabiyoti tarixida mukammal Devon tartib bergan mualliflardan. Devon shoirning oʻzi tomonidan, shuningdek, boshqalar tomonidan ham tuziladi. Navoiy gʻazallarining ilk Devoni nomaʼlum kotib tomonidan tuzilgan (1465). Unda 15-a. adabiyotidagi deyarli barcha sheʼr shakllarini koʻrish mumkin. Keyinroq Devon tuzish ishiga Bobur, Nodira, Ogahiy, Avaz Oʻtar va b. shoirlar ham samarali hissa qushganlar. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida Habibiy, Sobir Abdulla va b. D. tuzganlar. Ularda gʻazallar hoz. oʻzbek alifbosi tartibida joylashtirilgan. Sharq poeziyasi taʼsirida Yevropa adabiyotida ham Devon tuzish tajribasi bulgan (Gyote, «Gʻarbu sharq devoni»).


Lotin alifbosida maqola: DEVON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BOBUR
Jasur Umirov - Avaz
TOSHKENT
QOFIYA


Комментарии 1

Devon nima degani
Devon nimadegani
16 февраля 2023 09:23

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты