DEVONBEGI

DEVONBEGI — 1) oʻrta asrlarda Sharqsagi islom davlatlarida oliy saroy mansablaridan biri. Sugʻorish, moliya, harbiy, aloqa, adliya va b. ishlarni yurituvchi mahkama (devon) boshligʻi;

2) Buxoro xonligitsa moliya va xoʻjalik ishlarini olib boruvchi mansabdor;

3) Xiva xonligivz. Devonbegi devon mahkamasi orqali zakot yigʻish va bozorlarda joy puli olish, toʻplangan pullarning sarf-xarajat qilinishiga ham boshchilik qilgan Bosh D. dan tashqari yana 3 ta Devonbegi boʻlib, ular viloyatlardagi bogʻ va dalapardan olingan hosilning qisobini olish, otlarga yem-xashak olib berish va saroyning mayda-chuyda xoʻjalik xarajatlarini ham boshqarishgan.



ISLOM
TOSHKENT
TEMURIYLAR
BUXORO XONLIGI
XIVA XONLIGI


Добавить комментарий