DEVONI VAZIR (kalon) — Somoniylar davlati va Buxoro xonligida davlat daftar yozuvlarini nazorat qiluvchi va b. devonlar ishini boshqaruvchi devon. Viloyatlar, xiroj, tanho, mulk yerlaridan tushumlar daftari shu Devoni vazirda saqlangan.