DEVONI HIKMAT

«DEVONI HIKMAT» — Ahmad Yassaviyning sheʼrlarini oʻz ichiga olgan majmua. Asl nusxasi saqlanmagan. 19-a. dan boshlab Toshkent, Buxoro, Kogon, Qozon, Istanbul sh. larida bir necha bor nashr etilgan. Mavjud qoʻlyozma va bosma nusxalar bir-biridan farq qiladi. Ahmad Yassaviy «Devoni hikmat» ni shu nom bilan kitob tarzida tartib bermagan. Uni Yassaviyning murid va izdoshlari tuzishgan. Yaʼni ustozlarining hikmatlarini bir joyga jamlab, unga «Devoni hikmat» nomini berishgan. Yassaviylik tariqatiga kirganlar uchun «Devoni hikmat»dagi sheʼrlarni oʻqib yod olish, hatto qobiliyati yetadiganlar uchun shunday shaklda sheʼrlar yozish tariqatning daxlsiz talablaridan hisoblangan. Yassaviylik tariqati koʻplab shoirlarni yetishtirib chiqarishda oʻziga xos maktab vazifasini bajargan. «Devoni hikmat»dagi hamma sheʼrlar ham Yassaviyga mansub emas. Unda Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Asar poetik jihatdan xalq qushiklariga yaqin. Shu bois u xalq ommasi orasida keng tarqalgan. Natijada Yassaviy hikmatlari ogʻizdan-ogʻizga kuchib, kitobdan-kitobga oʻtib, oʻz asl tilini va uslubini oʻzgartirgan, ammo ularning asosiy gʻoyaviy mazmuni saqlanib qolgan.

«Devoni hikmat» islom dini asoslaridan bahs etuvchi, shariatning ahkomi va ahli sunnatning aqidalaridan saboq beruvchi, tasavvuf sirlari va tariqatning odobu arkoni yoritilgan qomusiy xarakterdagi asardir. Unda ilohiy ishq gʻoyasi va didaktik mazmun yoʻnalishi yetakchilik qiladi. «Devoni hikmat»da munojot, qasida, munozara janri talablariga muvofiq keladigan sheʼrlar bilan bir qatorda, «Meʼrojnoma» (Hazrat Muhammad alayhissalom madh etilgan manzuma) ham oʻrin olgan.

Yassaviy tariqati turli davrlarda va turli joylarda Ahmad Yassaviyning koʻplab shogirdlari va muxlislari tomonidan davom ettirilgan. Sulaymon Boqirgʻoniy, Bobo Mochin, Shamsiddin Oʻzgandiy Xudoydod, Qul Nasimiy, Ubaydiy va b. tasavvuf shoirlar «Devoni hikmat» taʼsirida bir qator asarlar yozgan. Shu bois «Devoni hikmat» faqat Yassaviyniki boʻlmay, Yassaviy tariqatining bir necha asrlik umumiy bir adabiy yodgorligi hisoblanadi.

Ad.: Ibrohim Haqqul, Ahmad Yassaviy, T., 2001.


Lotin alifbosida maqola: DEVONI HIKMAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BUXORO VILOYATI
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
BUXORO XONLIGI
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты