DEVONOV Sanʼat Solihovich

DEVONOV Sanʼat Solihovich (1932.9.5, Xonqa tumani) — aktyor va rej. Oʻzbekistan xalq artisti (1976). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1973). Xorazm teatrida aktyor, rej. (1946—84), direktor (1963—67). 1984—86 y. lar kinoaktyor studiyasining, 1986—87 y. lar Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrining va 1987—93 y. lar Hamza teatrining direktori. Harakat bilan nutqning rangbarang, musiqiy va maʼnodorligi, chuqur iztiroblar orqali qahramonning ichki dunyosini ocha bilish, chin muhabbat, insonparvarlik ifodalari Devonov ijodiga xos. Devonov teatrda 150 dan ortiq rol oʻynagan. Eng yaxshi rollari: Askar («Arshin mol olon»), Tohir («Tohir va Zuhra»), Navoiy («Navoiy Astrobodda»), Hamlet («Xamlet»), Beruniy («Abu Rayqon Beruniy»), Ibn Sino («Ibn Sino»), Farib («Oshiq Gʻarib») va b. «Oʻliklar kechirmaydi» (Oʻ. Umarbekov), «Onalar» (P. Tlegenov), «Layli va Majnun» (Xurshid) kabilar D. Sahnalashtirgan muvaffaqiyatli spektakllaridan. Kinodagi asosiy rollari: Yoʻlchi («Qutlugʻ qon»), Sharif («Maftuningman»), Juma («Qizilqum»), Abdugʻaniboy («Yulduzlar jamoli»), Rizayev («Uzoq-yaqin yillar»), Karvonboshi («Sevgi haqida afsona»), Amir Nasrullo («Choʻloq darvish») va b., shuningdek, telefilmlarda («Shashmaqom»da xon, «Jaloliddin Manguberdi»da Muhammad shoh, «Xorazm afsonasi»da Ali, «Diyonat»da Boʻriboyev, «Ilondan qoʻrqmang»da Toshmatov va b.) ham rollar ijro etgan. «Mehnat shuhrati» ordeni b-n taqdirlangan (2001).


Lotin alifbosida maqola: DEVONOV Sanʼat Solihovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BERUNIY
BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BOLGARIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты