DEVONOV

DEVONOV Xudoybergan (1878, Xiva — 1940, Toshkent) — birinchi oʻzbek kinooperatori. 1907—08 y. lar Moskva, Peterburgdan teleskop, grammofon, foto va kino asboblari olib kelib fotolaboratoriya tashkil etgan. Bu lab. Xorazmda fotokinostudiya vazifasini oʻtagan. Devonov ijodi rus kinosanʼatkorlari faoliyati bilan deyarli bir vaqtda boshlangan. U «Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorliklari», «Turkiston koʻrinishlari», «Xiva va xivaliklar» kabi qisqa filmlarni ishlagan. Oʻz filmlarida vatanparvarlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan. Xorazm xalqi urf-odatlari ifodalangan mingga yaqin fotosurat yaratdi. XXSR davrida maktab, internatlar ochib, unda foto-kino ishlarini olib bordi. «Uzbekistanskaya pravda» («Oʻzbekistan haqiqati»), «Inqilob quyoshi» gaz. larida fotomuxbirlik qilib, Xorazm dalalarida birinchi traktorning paydo boʻlishi, dehqonlarga yer taqsimlanishi va ommaviy yigʻilishlarga oid koʻp fotosurat va kinolavhalar yaratdi. Oʻzbek kinostudiyasi tashkil etilgach (1925), D. ga Xorazmda kino ishlarini olib borish topshirildi. Keyinroq «Sovkino»ning muxbiri etib tayinlandi va Moskvaga «Shoʻr koʻl», «Ishchi ayollar» singari syujet va lavhalarini yuborib turdi. D. suratga olgan kinolentalarning koʻpi haligacha topilgani yoʻq. Urganch shahridagi kinoteatr, Xiva shahridagi Devonov yashagan koʻcha uning nomi bilan yuritiladi.


Lotin alifbosida maqola: DEVONOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
ALISHER NAVOIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BERUNIY
BELORUSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты