DEVORI QIYOMAT

DEVORI QIYOMAT, Devori koʻndalang — arxeologik yodgorlik, qad. Samarqand va uning atrofidagi qishloqlarni uragan mudofaa devori xarobasi (mil. av. 4—2-a. lar — mil. 8-a.). Samarqandning jan. da Dargʻom kanalining oʻng qirgʻogʻi boʻylab koʻtarma (bal. 4 m gacha, kengligi 12 m, uz. 50 m) shaklida saqlanib qolgan. Devori qiyomat xarobasini V. L. Vyatkin tekshirgan (1903). 1936-y. da M. Ye. Masson Sharq geograflari maʼlumotlari bilan arxeologik qazish-malar natijalarini qiyoslagan. 1969-y. da Yu. F. Buryakov, M. M. Toshev arxeologik qazishmalar olib borgan. Oʻrta asr Sharq manbalarida yozilishicha, Devori qiyomatning uz. 12 farsax (72 km), bal. 14 gaz (taxm. 10 m) boʻlib, tepasi kungurador burjlar bilan mustahkamlangan 12 darvozasi boʻlgan. Devorning eng chet nuqtalari sharqda Choʻponota tepaligining yon bagʻirlari, jan. da Dargʻom kanaliga yaqin joy, gʻarbda Xeshrav qishlogʻi va shim. da Qunduz Soʻfi qishlogʻi boʻlgan.

Arxeologik tadqiqotlar natijasida Devori qiyomatning ayrim qismlari turli davrlarda qurilganligi aniqlandi. Dastlab (mil. av.4-a.) D. q. ning shim. qismi paxsadan 2 qator qilib, oʻrtasi yoʻlaksimon xonalar shaklida qurilgan. Keyinchalik bu xonalarga murdalar koʻmilgan. Abu Muslim buyrugʻi bilan Devori qiyomat 752—753-y. larda jan. ga 7,5 farsax (45 km) davom ettirilib, yangi aholi zich yashaydigan hudud oʻrab olingan. U paxsa va xom gʻishtdan qurilgan. Devori qiyomatning jan. qismi 1466-y. dan boshlab Devori koʻndalang deb atalgan. 19-a. da esa Iskandar devori degan nom bilan ham yuritilgan. Bu devor D. q. deb 18-a. dan soʻng atala boshlagan.


Lotin alifbosida maqola: DEVORI QIYOMAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SAMARQAND
XITOY
YAPONIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты