DEVXONA PLATOSI

DEVXONA PLATOSI — Qashqadaryo viloyatining jan.-gʻarbidagi plato. Sharq va shim.-sharqda Qarshi choʻliga tutashgan. Mutlaq balandligi jan. da 340—354 m dan shim. da 226—230 m gacha. Doʻng qum (bal. 1—2,5 m), marzali kum shakllari (2—5 m) mavjud. Qumli yerlarda uz. 400 m dan 500 m gacha, eni 170 m dan 1000 m gacha boʻlgan berk botiqlar bor. Ular asosan shamol taʼsirida vujudga kelgan, baʼzilarining tubi shoʻrxokdan iborat.

Devxona platosi zamini neogen (oqchagʻil yarusi) davrining qumtosh, gil, qumlardan tashkil toptan, ular ustida toʻrtlamchi davrning qalinligi 10—15 m li qum va qumoklari bor. Doʻng qumlarda juzgʻun, cherkez, singren, shuvoq, qizboltir, yantoq, efemerlar tarqalgan. Qorakoʻl qoʻylari uchun yil boʻyi yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DEVXONA PLATOSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUXORO VILOYATI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AVSTRALIYA
BUYUK BRITANIYA
AFRIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты