DEVCHARX

DEVCHARX, katta charx — kad. xonaki pillakashlik korxonasida turli dastgoh (avursak, dugdon, tegirmon va choridon)ni harakatga keltiradigan ulkan charx, (diametri 2,5 m); ashtob yoki katta charx deb ham yuritilgan. Devcharxni aylantirish ogʻir ish boʻlgan. Margʻilonlik usta Yusufjon Maʼrufjonov bu mehnatni yengillashtirish niyatida 1942-y. da Devcharxni 2 baravarga kichraytirdi; 1944-y. da esa u D. ni motor bilan harakatlanadigan qildi. Atlas, beqasam, shoyi va b. matolar pishirilgan tayyor ipaklardan toʻqiladigan boʻlgach, Devcharx ishlatilmay qoʻyildi.


Lotin alifbosida maqola: DEVCHARX haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
Malika Egamberdiyeva - Shoyi atlas
AMALIY SANʼAT
Tushda tegirmon | Тушда тегирмон
Tushda tegirmon | Тушда тегирмон


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты