DEGA

DEGA (Degas) Iler Jermen Edgar (1834.19.7 – Parij – 1917.27.9) – fransuz rassomi va haykaltaroshi, impressionizmning yetuk namoyandasi. Parijdagi nafis sanʼat maktabida taʼlim olgan (1855—56), Italiyada yashab Ilk uygʻonish davri sanʼatini oʻrgangan (1854—59). Dega hayotni, zamonaviy shaharni va uning koʻchalari, maydonlarini, odamlari (holati, kayfiyatlari)ni oʻta sezgirlik b-n butun goʻzalligi va tabiiyligini haqqoniy aks ettirgan. Dega asarlari nozik va aniq rasmi, shakllarni kutilmagan tarzda berilishi bilan ajralib turadi («Qahvaxona ayvonidagi ayollar», 1877; «Yulduz», 1878; «Moviy raqqosalar», 1880 — 90 va b.). 1880-y. lar oxiridan xaykaltaroshlikda ijod qilgan, raqqosalar, choʻmilayotgan ayollar, otlar va b. shakllarda lahzalik harakat, holatni nafis ifodalashga erishgan.


Lotin alifbosida maqola: DEGA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AMALIY SANʼAT
BELORUSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты