DEGAZATSIYA

DEGAZATSIYA (de… va gaz) — 1) zaharlangan joylar, inshootlar, harbiy texnika, jangovar qurollar, oziq-ovqat, havo, suv va b. ni zararsizlantirish. Degazatsiya qiluvchi moddalar sifatida xlorli ohak, kalsiy gipoxlorit, xloraminning har xil konsentratsiyalari, ishkrrli tuzlar qoʻllanilishi mumkin. Zaharlangan joy xlorli ohak bilan Degazatsiya qilinadi, ayrim hollarda esa tuproq yoki qorning zaharlangan qatlami olib tashlanadi. Kiyim-boshlar issiq qavo yordamida, jangovar texnika va harbiy qurollar xloramin va ishqorli eritmalarni purkash yoʻli bilan yoki yuvuvchi eritmalar (benzin, kerosin, spirt) da Degazatsiya qilinadi. Xonalarni zaharli moddalar bugʻi va gazlardan xoli qilish uchun ular shamollatiladi. Degazatsiyada maxsus mashina va asboblar, oddiy suv sepish mashinalari, greyderlar, gidropult lar qoʻllanilishi mumkin;

2) metallurgiyada — vakuumda ishlov berish yoʻli bilan suyuq metallar tarkibidagi gazlarni chiqarib yuborish. Kovshli, sirkulyatsion va b. Usullari bor;

3) foydali qazilmalar qatlamlari va atrofdagi jinslar orasidan zararli gazlarni tabiiy yoki sunʼiy usullar b-n chiqarib yuborish. Konlarga gaz toʻplanib qolishining oldini olish uchun bajariladi:

4) qishloq xoʻjaligida — fumigatsiyaning soʻng zaharli gaz va bugʻ qoldiqlarini yoʻqotish. Havoning quruq va x. aroratning yuqori boʻlishi Degazatsiyani tezlashtiradi. Degazatsiya aktiv va passiv usulda bajariladi. Aktiv Degazatsiya don va donquritgichlar yordamida yoki quyosh taftida shopirib quritish bilan amalga oshiriladi. Passiv Degazatsiyada esa fumigatsiya qilingan don, chigit va b. mahsulotlardan gaz tamoman uchib ketmaguniga qadar ularga tegilmaydi, mahsulotlar saqlanadigan omborda derazalar ochilib, yelvizak hosil qilinadi. Binoda brommetil bor-yoʻqligini aniqlash uchun atsetil lampasi, sham, gugurtni yondirib polga yaqinlashtiriladi, agar olov oʻchmasa yoki rangi oʻzgarmasa Degazatsiya nihoyasiga yetgan hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: DEGAZATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BENZIN
AMIR TEMUR


Добавить комментарий