DEGGARON MASJIDI

DEGGARON MASJIDI — Buxoro viloyati Hazora qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik. 8—9-a. larda qurilgan bino oʻrniga 11-a. da bunyod etilgan. Keyinchalik degrez (choʻyangar) ustalarning mahalla guzarida joylashgani uchun Deggaron masjidi deb nomlangan. Tashki koʻrinishi kub shaklida, usti gumbazlar bilan yopilgan, xona ichida pishiq gʻishtdan 4 gula (ustun) ishlangan. Qolgan devori xom gʻishtdan tiklanib, yuzasi pishiq gʻisht b-n qoplangan. 4 rukn-ustun (diametri 128 sm) xonaqoh ichini devorsiz 9 qismga ajratgan, markaziy qismi nisbatan yirikroq gumbaz bilan yopilgan, boshqa qismlarga — bir tomonidan devorga, qarshi tomonidan ustunga tayantirib yana 8 ta kichik gumbaz ishlangan. 20-a. da masjidning jan. va sharqida xonaqohga taqab sinchkor ayvon qurilgan, jan. ayvon bir qator ustunli, sharqiysi (jan. ayvonga nisbatan ikki hissa keng) ikki qator ustunli. Ayvon ustunida binoning 1910-y. da qayta qurilgani qayd etilgan. Keyinchalik ayvonlari vayron boʻlgan. Deggaron masjidi islomiyat davrining Oʻrta Osiyoda saqlanib qolgan qad. sajdagohi sifatida meʼmoriy oʻziga xosligi va sodda salobati bilan diqqatga sazovor.


Lotin alifbosida maqola: DEGGARON MASJIDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUXORO VILOYATI
BIBIXONIM JOME MASJIDI
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
BUXORO XONLIGI
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты