DEGELMINTIZATSIYA

DEGELMINTIZATSIYA (de… va gel-mintlar) — gelmintlarni barcha rivojlanish fazalarida yoʻqotishga qaratilgan davolash-profilaktika tadbirlari majmui. Gelmintlar yuqqan oʻsimliklar va hayvonlar, chorvachilik binolari va asbob-anjomlari, dalalarga oʻgʻit sifatida solinadigan goʻng, yaylovlar, podalar dam oladigan (yotqiziladigan) joylar Degelmintizatsiya qilinadi. Degelmintizatsiya farmakologik antgelmintiklar yordamida (albendazol, mebendazol, paperazin, fenbendazol va b.) hamda fizik (qoʻylarda senuroz, odamlarda exinokokk pufaklarini xirurgik yoʻl bilan olib tashlash), mexanik (krramollarda telyaziyalarni koʻzdan yuvib chiqarish va b.), biologik (bakterial preparatlar, emlash va h. k.) usullar orqali amalga oshiriladi. Har bir hayvonga alohida yoki bir guruhga maʼlum miqdorda antigelmint preparatlari suv yoki yem b-n aralashtirib beriladi. Hayvonlarda davolash (yilning har qanday davrida gelmintozlarning birdan tarqalishi yuz berganda), profilaktik (rejali ravishda gelmintozlar klinik koʻrinishlarining oldini olish uchun yilning maʼlum davrida); diagnostik (gelmintozlarning bor-yoʻqligini aniqlash maqsadlarida) Degelmintizatsiya oʻtkaziladi. Hayvonlar parvarishida ishlatiladigan asbob-anjomlar qaynoq suv, bugʻ, olov b-n; yaylov va oʻtloqlar gelmintlarning biol. siga qarab ularni davriy ravishda oʻzgartirib turish yoʻli bilan Degelmintizatsiya qilinadi. Goʻng biotermik usulda yuqumsizlantiriladi. Oʻsimlik urugʻi uzoq vaqtgacha yuqum manbai boʻlishi mumkin, shu sababli ularni Degelmintizatsiya lashda turli kimyoviy vositalar qoʻllaniladi.

Hoshim Nurmamatov.



CHORVACHILIK
BIOKIMYO
BIOLOGIYA
ALISHER NAVOIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий