DEDUKSIYA

DEDUKSIYA (lot. deductio — xulosa chiqarish) — mantщ qoidalariga koʻra xulosa chiqarish. Dastlab formal man-tikda umumiylikdan xususiylik, ayrimlik tomon muhokama yuritish Deduksiya deb atalgan. Mas, «Barcha metallar elektr utkazuvchandir (umumiy) va «Mis — metall» degan ikki hukm (asos)dan deduktiv yul bilan «Mis elektr utkazuvchandir» degan xususiy yangi hukm (xulosa) chiqariladi. Induksiyanmng karama-qarshisi. Mantiqqa oid adabiyotlarda «Deduksiya» atamasini birinchi bor rimlik mantikshunos faylasuf Boesiy (480 — 524) ishlatganligini taʼkidlaydilar. Biroq, bu taʼlimot sillogizm shaklida birinchi bor Aristotelning «Birinchi analitika» asarida tahlil qilingan. Keyinchalik Deduksiya tushunchasini R. Dekart, G. Leybnis kabi faylasuflar rivojlantirdilar. Oʻrta asr arab falsafasida Kindiy, Roziy, Gʻazoliy, Ibn Rushd tomonidan Deduksiyaga alohida eʼtibor berilgan. Unga yangi bilim berish vositasi deb qaraganlar. Forobiy, Ibn Sino Aristotelning deduktiv mantigʻiga yangilik kiritib mantiqning sillogizm shaklinigina emas, balki shartli, ayiruvchi kabi shakllarini ishlab chikdilar. Xulosa chiqarishning yangi (yuqoridagi) usullarini yaratdilar.

Hoz. zamon fanida «Deduksiya» termini keng maʼnoda qoʻllanilib, muayyan hukmdan mantiq qonunlari asosida xulosa chiqarish tushuniladi. Agar asos qilib olingan xukm qaqiqiy va Deduksiya qonunlariga rioya qilingan boʻlsa, undan chiqariladigan xulosa ham haqiqiy boʻladi. Deduksiya — isbotnnnt asosiy vositasidir. Shuning uchun fandagi nazariyalar deduktiv metod natijasida yaratiladi. Odatda, deduktiv metod maʼlum sohada faktik materiallar toʻplangandan soʻng, ularni chuqur oʻrganish, tizimga solish va b. maqsadlarda qoʻllaniladi. Deduksiya psixologiya va bilish nazariyasitsa ham amal qiladi. Deduksiya psi-xologiyada shaxsning individual tafakkuri jarayonini oʻrgansa, bilish nazariyasida ilmiy bilish metodi sifatida namoyon boʻladi. Deduktiv metod turli shakllarda, xususan aksiomatik metod, shuningdek, gipotetik — deduktiv metod shaklida uchraydi. Mavjud faktik materiallardan deduktiv yoʻl bilan nazariya yaratishda asos boʻladigan fikrlar majmuasi (aksioma va b.) tanlab olinib, mantiq qo-nunlari asosida ulardan boshqa bilimlar hosil qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: DEDUKSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
FOROBIY
TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты