DEZAMINLANISH

DEZAMINLANISH — organik birikmalar molekulasidan amin (NH2) guruhining ajralib chiqish jarayoni. Dezaminlanishda NH2 guruhi boshqa guruhlar (mas, N, OH, OR) bilan almashinadi yoki qoʻshbogʻlar hosil boʻladi. Biokimyoviy Dezaminlanish maxsus fermentlar ishtirokida boradi. Bir necha tur D. mavjud: oksidlanuvchi Dezaminlanish aminokislotalarning tirik organizmda parchalanishi nati-jasida roʻy berib, ajralib chiqqan aminoguruhlar oʻrniga tegishli keto-kislotalar hosil boʻladi. Jarayon aminokislotalarning oksidaza fermentlari ishtirokida kechadi. Organizmda aminokislotalar dekarboksillanganda hosil boʻladigan aminlar ham oksidlanish yoʻli bilan dezaminlanadi. Bu aminlarning aksariyati zaharli boʻlib, ularni zaharsizlantirishda Dezaminlanish muhim ahamiyatga ega. Aminooksidazalar aminlarning Dezaminlanish jarayonini katalizlaydi. Qaytaruvchi Dezaminlanish ikki aminokislota orasidagi oksidlanish qaytarshshsh reaksiyalari asosida roʻy beradi. Bunda ikkala aminokislota ham dezaminlanadi (mas, alanin va glitsin oʻrtasidagi reaksiya). Ichki molekulyar Dezaminlanishda toʻyinmagan kislotalar hosil boʻladi. Bir qator aminokislotalar (mas, oʻsimliklarda asparagin kislota va baʼzi bakteriyalar; odam jigarida gistidin) shu reaksiya asosida dezaminlanadi. Gidrolitik Dezaminlanishda oksikislotalar hosil boʻladi. Bu reaksiya asosida mogʻor zamburugʻlari, baʼzi bakteriyalar va hayvon toʻqimalarida purin asoslari hamda pirimidin asoslari dezaminlanadi. Dezaminlanish organik sintezda, hayvonot, oʻsimlik va mikroorganizmlar hayot faoliyatida muhim ahami-yatga ega.


Lotin alifbosida maqola: DEZAMINLANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ORGANIK KIMYO
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
AMINOKISLOTALAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты