DEZERTIRLIK

DEZERTIRLIK (lot desertor – qochoq) — harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyat turlaridan biri; Oʻzbekiston Respublikasi JKga koʻra harbiy xizmatdan boʻyin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga kelmaslik Dezertirlik hisoblanadi. Harbiy xizmatdan qochib yurish, xizmat joyini tashlab ketish jinoyat sanaladi. Boshqa xizmat joyiga oʻtkazilganda, taʼtilda boʻlganda, davolanish tugaganda, xizmat safariga yuborilganda harbiy qism yoki xizmat joyiga yetib kelmaslik ana shu turdagi jinoyatni sodir etish demakdir. Dezertirlik muddatli harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish b-n, agar zobitlar tarkibidan boʻlgan shaxs, praporshchik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, aybdor 5 yildan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Dezertirlik uchun belgilangan bu javobgarlik faqat tinchlik vaqtida harbiy xizmatni oʻtashda sodir qilingandagina qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: DEZERTIRLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
AYB
OZODLIKDAN MAHRUM QILISH
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты