DEZINVAZIYA

DEZINVAZIYA (dez… va lot. invasio — hujum) — hayvonlarning invazion kasalliklari qoʻzgʻatuvchilari (gijjalar, baʼzi hasharotlar tuxumi va lichinkalari va b.)ni tashqi muhitda yoʻqotish, zararsizlantirish. Veterinariya amaliyotida profilaktik Dezinvaziya dezinfeksiya bilan birgalikda olib boriladi. Joriy Dezinvaziya hayvonlarning navbatdagi degelmintizatsiyasidan keyin 3—4 kun oralatib oʻtkaziladi. Dezinvaziyada parazitlar tuxum va lichinkalarining rivojlanish muddatlarini, ularning tashqi muhitda, hayvon organizmida yeaklanish davrlarini, fizik va kimyoviy taʼsirotlarga chidamliligini va b. ni hisobga olish zarur. Binolar va uskuna-jihozlar kimyoviy (soʻndirilmagan ohak, 5% NaOH eritmasi va b.), fizik (kuydirish, qaynatish va b.), mexanik (chiqindilarni toʻplab tozalash va zararsizlantirish) usullarida oʻtkaziladi.


Lotin alifbosida maqola: DEZINVAZIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DEZINFEKSIYA
VETERINARIYA XIZMATI
VETERINARIYA
KIMYO
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты