DEZINSEKSIYA (dez… va lot. insectum — hasharot) — yuqumli kasallik qoʻzgʻa-tuvchilarni tarqatadigan zararkunanda boʻgʻimoyoqlilarnn yoʻqotish uchun qoʻllaniladigan choratadbirlar maj-mui. Dezinseksiya odam va hayvonlarda turli in-feksion kasalliklarni tashib yuradigan boʻgʻimoyoklilar (kana, pashsha, bit, chivin, iskabtopar), shuningdek, turarjoylardagi suvarak, qandala, burgalarni qirish uchun oʻtkaziladi. Dezinseksiya ter-minini birinchi boʻlib rus mikrobiologi N. F. Gamaleya kiritgan (1910). Profilaktik va qiruvchi Dezinseksiya boʻladi. Profilaktik Dezinseksiyaga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, chiqindilarni vaqtida chiqarib tashlash, tu-rarjoy va xoʻjalik binolarini ozoda saklash, hovuz va ariklarni tozalash, hasharotlar paydo boʻlishi va koʻpayi-shining oldini olish kiradi. Qiruvchi Dezinseksiya fizik, kimyoviy va biologik usullar bilan amalga oshiriladi. Koʻproq kimyoviy vositalar (jumladan insektitsidlar) qoʻllaniladi. Ular taʼsir etish mexanizmiga koʻra teri orqali taʼsir etadigan (xlorofos, trixlofos va b.), ichak orqali taʼsir etadigan (bor kislota, bura, butadion va b.) va fumigant — hasharot organizmiga na-fas yoʻllari orqali taʼsir etadigan vositalarga boʻlinadi. Biologik Dezinseksiya usuli zarakunandalarni «bir-biriga yedirish»ga (mas, patogen mikroorganizmlar, gelmintlar, viruslar va h. k.), fizik Dezinseksiya esa yuqori yoki past bosim bilan taʼsir etishga asoslanadi. Bu usullar yordamida hasharotlarning koʻpayishiga ancha chek qoʻyiladi. Veterinariya da Dezinseksiya chorva mollari sogʻligʻiga zarar yetkazadigan va ular mahsuldorligining pasayishiga olib keladigan hasharotlar va kanalarni yoʻqotishga qaratilgan tadbirlardir. Hayvonlar, chorvachilik va parrandachilik binolari, fermalar hududlari, omborxonalar, hayvonot xom ashyosini qayta ishlash korxonalari, kushxonalar, goʻsht kombinatlari, veterinariyasanitariya nazorati oʻrnatiladigan boshqa obyektlarda oʻtkaziladi.
Oʻzbekistonda veterinariya sohasida Dezinseksiya masalalari bilan shugʻullanish uchun 1961-y. da Oʻzbekistan veterinariya i.-t. in-tida maxsus araxnoentomologiya lab. tashkil etildi. Lab. gnus va b. xavfli hasharotlar va entomozlarga karshi Dezinseksiya choralari joriy etish va tadqiq qilish ishlarini yoʻlga qoʻydi. 40 dan ortiq kimyoviy insektitsid, 12 mik-robiologik, 2 ta probiotik preparat, 3 ta antomofaglar va chivinlar feromoni (muskalyur) qoʻllanishga tavsiya etildi. Respublikada veterinariya amaliyotida simbush (sipermetrin), detsis, nurel, butoks va b. qoʻllanilmoqda.
Dehqonchilikda Dezinseksiya urugʻlik va kuchatlar, zaxira oziq-ovqat va yem uchun muljallangan mahsulotlar zaxirasidagi va oʻsimliklardan olingan texnikaviy xom ashyolardagi, omborlar, un va yorma ishlab chiqaradigan korxonalardagi zararkunanda qasharotlarni yoʻq qilishda qoʻllaniladi. Odatda, kimyoviy Dezinseksiyada brommetil, dixloretan, xlorpikrin, metallixlorid va b. bilan fumigatsiyalash, bino ichini tarkibida geksaxloran yoki uning gamma-izomerlari boʻlgan aerozollar bilan ishlash, sirtdan taʼsir qiluvchi insektitsidlar purkash, urugʻlik zaxirasini insektitsid va akaritsid dustlari bilan changlash; novda, kalamchalarni insektitsid va akaritsidlardan tayyorlangan suyuklikka botirib olish va b. qoʻllaniladi. Ayrim hollarda don va oziq-ovqat mahsulotlarining idish va qoplari insektitsidlar bilan ishlanadi, past haroratda sovitiladi yoki yuqori qaroratda qizdiriladi. Dezinseksiyaning oddiy usuli — zararkunanda tushgan urugʻlik boshqa joyga koʻchiriladi yoki maxsus mashinalarda tozalanadi (q. Ombor zararkunandalari).
Shonosir Shovahobov, Ahror Roʻzimurodov, Abdukarim Zikiryoyev.