DEZINFEKSIYA VOSITALARI

DEZINFEKSIYA VOSITALARI — tashqi muhitdagi yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilarini (odam, hayvon va oʻsimliklarda) yoʻqotish uchun ishlatiladigan fizik va kimyoviy vositalar. Qaynatish, yuqori bosim bilan bugʻlantirish, ultrabinafsha nurlar, quyosh nurlari va b. fizik Dezinfeksiya vositalari hisoblanadi. Kimyoviy Dezinfeksiya vositalaridan xlorli ohak, xloramin, lizol, karbol kislota, shuningdek, formalin, fenol, vodorod peroksid, margansovka va b. qoʻllaniladi (yana q. Dezinfeksiya).



DEZINFEKSIYA
QUYOSH
YER
ULTRABINAFSHA NURLANISH
PEROKSIDLAR VA PEROKSID BIRIKMALAR


Добавить комментарий