DEZOKSIRIBONUKLEAZA

DEZOKSIRIBONUKLEAZA (Desoxyribonucleasa) — dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) ning gidrolitik parchalanishi — depolimerlanishini tezlatadigan ferment; gidrolazlar sinfiga mansub. Dezoksiribonukleaza meʼda osti bezida, tirik organizmning deyarli barcha hujayralarida va mikroorganizmlarda boʻladi. Meʼda osti bezi D. si yaxshi oʻrganilgan. Bu ferment katabolik funksiyani bajaradi (q. Katabolizm), u ovqatdagi DNK ni ichaklarda oson soʻriladigan nukleotidlarga aylantiradi. Undan tashqari, replikatsiya va reperatsiya (buzilgan DNK strukturasini tiklash) jarayonida qatnashadi. Dezoksiribonukleaza preparati qoramolning meʼda osti bezidan tayyorlanadi. Adenoviruslarishnt koʻpayishini toʻxtatadi va ekssudatning yopishkrkligini kamaytiradi. Adenoviruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar (konyunktivit, keratit, yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi), bronxoektaziya, oʻpka abssessi, pnevmoniyada buyuriladi.


Lotin alifbosida maqola: DEZOKSIRIBONUKLEAZA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻPKA
NAFAS
YER
REPLIKATSIYA
OʻPKA ABSSESSI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты