DEYOK

DEYOK — Gerodotnnng maʼlumotiga koʻra, Midiyaning dastlabki podshosi (mil. av. 727—675). Midiyani Ossuriya asoratidan xalos etgandan soʻng xalq tomonidan hokimiyat tepasiga avval hakam (sudya) sifatida, soʻngra parokanda mamlakatda uzil-kesil tartib oʻrnatish maqsadida podshoh etib saylangan. Midiyaliklarning bir davlat ostida birlashtirgan, Ekbatana (Hamadon) sh. ga asos solgan. Tepalik ustida bunyod etilgan shahar 7 qator mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan boʻlib, har bir devordan keyin keladigan devor oʻzidan oldingisidan bir pogʻona baland qilib qurilgan. Devorlar turli ranglarda, birinchi devor — oq, ikkinchisi — qora, uchinchisi — sargʻish-qizil, toʻrtinchisi — toʻq koʻk, beshinchisi — jigarrang, oltinchisi — kumushrang, yettinchisi — zarhal rangda boʻlgan. Soʻnggi mudofaa devorlari oʻrtasida podsho saroyi va xazina qurilgan. Deyok aholiga devor atrofida joyla-shishni buyurgan. Saroyda quyidagicha tartib oʻrnatilgan: biron-bir shaxsni bevosita, shunchaki podsho huzuriga kirishi man etilgan, har qanday ish boʻyicha podshoh b-n xizmatkorlar (xabarchilar) orqali bogʻlanilgan. Bundan tashqari ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar har qanday kishini podshoh quzurida kulishi va tufurishi odobsizlik hisoblangan. Shikoyatlar podshohga yozma ravishda topshirilgan, podshohularni koʻrib chiqqach qaytarilgan. Biror-bir yerda jinoyat sodir etilgan boʻlsa Deyok aybdorni huzuriga chaqirib qilgan gunohiga yarasha jazolagan. Butun mamlakat hududida uning xabarchilari, aygʻoqchilari boʻlgan. Aftidan, Deyok mil. av. 715-y. da ossuriylar tomonidan asir qilib olib ketilgan va ossuriy yozuvlarida asirlar qatorida nomi keltirilgan midiyalik hukmdorlardan biri Dayaukku bilan aynan bir shaxs boʻlsa kerak. Mil. av. 713-y. da Sargon tomonidan tobe ettirilgan Midiyada Bit-Daiakku deb atalgan butun bir viloyatning mavjud boʻlishi, Deyokning mashhur podsholardan boʻlganligini koʻrsatadi.

Faxriddin Hasanov.


Lotin alifbosida maqola: DEYOK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
HINDISTON
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты