DEYTERIY

DEYTERIY (Deuterium, yun. deuteros — ikkinchi) , D yoki baʼzan N2 — vodorodning ogʻir izotopi. Deyteriy tabiiy vodorod tarkibida oz mikdorda (0,015%) aralashma holida uchraydi. 1932-y. da amerikalik olim G. Yuri topgan. Deyteriy atomi yadrosi (deytron) tarkibida 1 ta proton va 1 ta neytron boʻlib, at. m. odatdagi vodorodnikiga qaraganda 2 baravar ortiq (2,01474). Deyteriyning fizik xossalari oddiy vodorod xossalaridan farq qiladi. Kislorodli birikmasi D2O ogʻir su v deb ataladi. Deyteriy vodorod bombasida termoyadro yonilgʻisi sifatida, fan va texnikada «nishonli atom» sifatida, atom reaktorlarida neytron zarralarining tezligini susaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: DEYTERIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TERMOYADRO REAKSIYALARI
ATOM FIZIKASI
OGʻIR SUV
ATOM ENERGIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты