DEYTRON (deyton) — vodorod izotopi (deyteriy) yadrosi; 2N, D yoki d bilan belgilanadi. Atom yadrolari ichida eng oddiysi, ikki nuklon (1 proton va 1 neytron) dan tuzilgan. Deytronning massa soni – 4 = 2, zaryadi Z= 1. Massasi 2,014102 atom massasi birligiga teng; nuklonlarning bogʻlanish ener-giyasi Ye6og = 2,22452±0,00010 MeV, elektr momenti (2,738+0,014)-Yu-27 sm2, magnit momenti s=0,857411±0,000019 yadro magnetonpgrn, toʻla spini j=h. Proton va neytronni Deytronda yadro kuchlari tutib turadi, bogʻlanish energiyasi kichik, shuning uchun Deytron xossalarini oʻrganib, boshqa yadrolarning xossalari haqida toʻliq maʼlumot olish mumkin. Yadro reksiyalarida koʻplab qoʻllaniladi.