DEKAN YASSITOGʻLIGI

DEKAN YASSITOGʻLIGI (sanskritcha dakshina patxa — janubiy mamlakat) — Hindiston ya. o. ning katta (ichki) qismidagi yassitogʻlik. Xindiston Respublikasi hududida, Narbada daryosidan jan. da. Mayd. 1 mln. km2. Oʻrtacha balandligi gʻarbida 900 m, sharqida 600 m. Relyefi bir oz oʻr-qirli tekislik. Asosan metamorfik va otqindi jinslar, ohaktosh va qumtoshlardan tarkib topgan. Geologik jihatdan Dekan yassitogʻligi Hindiston platformasining bir qismidir. Dekan yassitogʻligining balandlashgan chekkalari Gʻarbiy Gat va Sharqiy Gat togʻlaridan iborat. Ular Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigʻi sohillariga tik yon bagʻir bilan tushgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, mis, marganes, volfram, oltin va toshkoʻ-mir bor. D. ya. ning oʻrta kismidan oqadigan daryolarning vodiylari juda keng. Asosiy daryolari: Godavari, Krishna, Kaveri, Narbada. Iqlimi subekvatorial mussonli iqlim, yozi sernam, bahori yogʻinsiz. Yillik oʻrtacha yogʻin markaziy qismida 500—700 mm, Fapbiy Gat togʻlarida 2000—3000 mm. Eng issiq oy — mayning oʻrtacha t-rasi 29 — 32°, yanv. niki 21—24°. Koʻproq savanna oʻsimliklari oʻsadi. Dekan yassitogʻligining 60% maydoni haydaladi, 10—15% hududni oʻrmonlar tashkil qiladi. Bandipur qoʻriqxonasi, bir necha milliy parklar tashkil etilgan.


Lotin alifbosida maqola: DEKAN YASSITOGʻLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
XITOY
YER
JANUBIY AMERIKA
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты