DEKART KOORDINATALAR TIZIMI — tekislik yoki fazodagi toʻgʻri chiziq koordinatalar tizimi. R. Dekart kiritgan (1637). Bir nuqta (koordinatalar boshi) dan oʻtadigan ikki Ox va Ou oʻq (tekislikda) yoki uch Ox, Ou va Oz oʻqdan (fazoda) iborat. Bunda koordinata oʻqlariga qoʻyiladigan uzunlik birliklari oʻzaro teng boʻladi. Koordinata oʻklari oʻzaro tik boʻlgan Dekart koordinatalar tizimi toʻ tri burchakli koordinatalar tizimi deb ataladi. Dekart koordinatalar tizimi deganda koʻpincha aynan shu tizim tushuniladi, umumiy Dekart koordinatalar tizimi esa affin koordinatalar tizimi deb ataladi.