DEKLAMATSIYA

DEKLAMATSIYA (lot. declamatio — no-tiklik mashqi) — badiiy oʻqish, notiklik sanʼatining muhim turlaridan biri. Sharqda Deklamatsiya kadimdan rivojlangan. Xitoy, Hind podsholari, Xorazmshohlar, sugd, sak xonlari saroylarida Deklamatsiya ustalari ishlagan. Oʻzbek xonliklari hududida ham Deklamatsiya sanʼatining mohir ustalari (maddoxlar, qissaxonlar, dostonchi, ertakchi va otinlar) yashab ijod etgan. Saroylarda tez-tez uyushtirib turilgan sheʼrxonlik ham aslida Deklamatsiyaning bir koʻrinishidir. 17—18-a. gʻarb mumtoz teatrida Deklamatsiya tushunchasi aktyorlik ijro vositalarini umumlashtirgan. 18-a. oxiri — 19-a. boshlari teatrdagi romantizm va realizm oqimlari klassitsizm qonunlaridan voz kechdi. Romantizm aktyor ijrochiligidagi ilhom hissiyot erkinligini, realizm nutq va aktyorning sahnadagi xatti-harakati tasvirlanayotgan qahramonning oʻziga xos xususiyatlarini boʻysundirdi. Keyinchalik Deklamatsiya soxta, sunʼiy nutq usuli tushunchasini bildiradigan boʻlib qoldi. K. Stanislavskiy D. ga aktyorlik sanʼatining quruq, soxta koʻrinishlaridan biri sifatida qaradi, hayot haqiqatiga asoslangan obraz yaratish yoʻlida Deklamatsiyaga qarshi kurashishga chaqirdi. Estradadagi badiiy asarlarni oʻqish keng qamrovli oʻziga xos sanʼat boʻlib, Deklamatsiyaning zamonaviy koʻrinishlaridan deyish mumkin.

Muhsin Qodirov.


Lotin alifbosida maqola: DEKLAMATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
HINDISTON
KLASSITSIZM
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты