DEKOMPRESSION KASALLIKLAR

DEKOMPRESSION KASALLIKLAR — atrof muhitda bosimning tez oʻzgarishi natijasida roʻy beradigan kasallik holati. Asosan uchuvchilarda, gʻavvoslarda va kessonda ishlovchilarda (kesson kasalligi) uchraydi. Ancha yuqori bosimli muhitdan birmuncha past bosimli muhitga birdan oʻtilganda toʻqimalarda erigan azot pufak-pufak boʻlib ajralib chiqadi. Bu D. k. ga sabab boʻladi. Dekompression kasalliklarning ogʻir-yengilligi organizmning individual xususiyatiga, bosimning oʻzgarishi darajasiga va havoda yoki suv ostida qancha vaqt boʻlishga, gaz pufakchalarining mikdori va qayerda joylashganligiga bogʻliq. Dekompression kasalliklar belgilari: muskul, boʻgʻimlar va toʻsh osti ogʻriydi, badan qichishadi, yoʻtal tutadi, vegegativ nerv sistemasi, tomirlar va miya faoliyati buziladi, periferik nervlarga shikayet yetadi. Bemorning rangi oʻchib, terlaydi, koʻngli aynib qusadi, boshi aylanadi, hushdan ketadi. Sovqotganda, qon aylanishi buzilganda ogʻriq zoʻrayali. Bemorning umumiy ahvolidan kelib chiqqan holda davo buyuriladi, koʻproq yurak-tomir va nafas aʼzolari faoli-yatini yaxshilaydigan doridarmonlar beriladi. Dekompressiya tufayli roʻy bergan holatlar har birining kelib chiqish sababi va rivojlanishiga ka-rab, uni Dekompression kasalliklarning alohida turi deb farqlanadi (yana q. Balandlik kasalligi, Kesson kasalligi).


Lotin alifbosida maqola: DEKOMPRESSION KASALLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KESSON KASALLIGI
OKEAN
NERV SISTEMASI
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты