DEKSTRINLAR

DEKSTRINLAR S(6N10O5)„ — kraxmal va glikogen gidrolizlanganda (chala parchalanganda) hosil boʻladigan mahsulotlar. Gidrolizning boshlangʻich bosqichida yod taʼsirida koʻk rang beradigan amilodekstrinlar, soʻngra eritrodekstrinlar (yod taʼsirida qizil-qoʻngʻir rang beradi) va maltodekstrinlar (yod taʼsirida boʻyalmaydi) hosil boʻladi. Dekstrinlar gidrolizining keyingi bosqichlarida disaxaridlar, asosan maltozalar, soʻnggi mahsulot sifatida monosaxaridlar hosil boʻladi. Suvda eriydi. Toʻqimachilikda, gugurt i. ch. da, bosmaxona va poyabzal sanoatida yopishtiruvchi modda sifatida ishlatiladi.



MONOSAXARIDLAR
KRAXMAL
YER
DISAXARIDLAR
RANG-TASVIR


Добавить комментарий