DELAVARLAR

DELAVARLAR (oʻzlarini lenape deb atashadi) — indeys xalqi. AQSH (Nyu-York, Viskonsin, Kanzas, Oklaxoma shtatlari, 3 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari) da va Kanada (Ontario viloyatining jan. dagi rezervatsiyalarda, 1 ming kishi) da yashaydi. Algonkin tili guruhiga kiradi. Hozir ingliz tilida soʻzlashadi. Delavarlar ovchilik, baliqchilik va dehqonchilik bilan shugʻullanishadi. Qadimda qabilaning afsonaviy tarixi yozilgan piktografik (harf oʻrnida rasm ishlatish) yozuvidan foydalanishgan. Dindorlari — protestantlar.


Lotin alifbosida maqola: DELAVARLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
KANADA
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты