DELAVER

DELAVER — AQSH shtati. Mamlakatning Atlantika okeani sohilida, Delmarva ya. o. ning sharqiy qismida joylashgan. Mayd. 5,3 ming km2. Aholisi 796,1 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Dover sh. Relyefi tekisliklardan iborat, botqoqliklar uchraydi. Iqlimi dengiz iqlimi, daryolari qisqa va sersuv. Keng bargli oʻrmon bor.

Delaver — industrial-agrar shtat, xoʻjaligining asosini sanoat tashkil etadi. Ayniqsa kimyo sanoati rivojlangan (AQSHning yirik kimyo z-dlari shu shtatda). Kemasozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, rezina, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati, yuqori sifatli poʻlat i. ch., metallsozlik muhim ahamiyatga ega. Yirik sanoat shahri va porti — Uilmington. Shahar atrofida intensiv q. x. (parrandachilik, sut chorvachiligi, sabzavotchilik) rivojlangan. Delaver — AQSHning ilk bor (1776-y. da) tashkil topgan shtatlaridan. Shtat hududida yevropaliklar koʻchib kelgunga qadar indeyslarning delavar qabilasi yashagan. 1664-y. da inglizlar tomonidan bosib olingan.


Lotin alifbosida maqola: DELAVER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
XITOY
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты